Xorazm viloyati, Gurlan tumani, Mustaqillik ko'cha, 1-uy

Poytaxtimizda o‘tkaziladigan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida dunyo ilm-fani yulduzi, fizika bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori, professor Serj Arosh (Serge Haroche) mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Dunyoning eng nufuzli ilm-fan maskanlari – MIT (Massachusets texnologiya instituti), Harvard va Yale universitetlarida faoliyat yuritgan olimning tashrifi o‘zbekistonlik yosh tadqiqotchilar uchun o‘ziga xos mahorat maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Hozirda professor Serj Arosh qadimiy va navqiron Samarqand shahrida bo‘lib turibdi. Bugun olim Samarqand davlat universitetida 200 dan ortiq yosh olimlar, doktorantlar va iqtidorli talabalar bilan uchrashdi. 
Samimiy va jonli muloqot ruhida o‘tgan tadbirda professor zamonaviy texnologiyalarning kelajagi va kvant olamidagi inqilobiy o‘zgarishlar, shuningdek, shaxsiy ilmiy tajribasi, kashfiyotlar ortidagi zaxmat va muvaffaqiyat sirlari haqida so‘zlab berdi.
Tadbir yakunida Samarqand davlat universiteti rektori, professor Rustam Xolmurodov jahon ilm-fani rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Serj Aroshga Samarqand davlat universitetining Faxriy professori unvonini topshirdi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Gurlan tumani, Mustaqillik ko'cha, 1-uy
  • +998 (62) 123-45-67
  • info@gurlan1-texnikum.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Май 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yil dasturi

Texnikum manzili